O‘zbekiston BMTning yillik baxt reytingida Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib 42-o‘rinni egalladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston baxt hissini tuyish darajasi bo‘yicha qo‘shnilaridan ancha oldinda. Qayd etilishicha, reytingda Qozog‘iston 45-o‘rinni, Qirg‘iziston 67, Tojikiston 78, Turkmaniston 97-o‘rinni egallagan. 149 davlat ro‘yxatida Afg‘oniston oxirgi o‘rinni egalladi.
Sobiq ittifoq davlatlari orasida Litva va Estoniya eng yuqori reytingga ega. Rossiya 76-o‘rinda.
Bu indeks farovonlik, aholi jon boshiga YAIM, umr ko‘rish davomiyligi va o‘lim darajasi, xavfsizlik, fuqarolik erkinliklari, barqarorlik va korrupsiya darajasi kabi ko‘rsatkichlarni hisobga oladi.
Bundan tashqari, ushbu reytingda COVID-19 pandemiyasining inson farovonligiga ta’siri ham ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, pandemiyaning o‘lim darajasi, ishsizlik, hissiy holat va boshqa oqibatlari baholandi.