Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

«Yandex.Taxi» haydovchilarga chet elliklar bilan muloqot qilishda yordam beradi

A A A
«Yandex.Taxi» haydovchilarga chet elliklar bilan muloqot qilishda yordam beradi

«Yandex.Taxi» onlayn-avtomobil xizmatidan foydalanishda avtomatik tarjimon paydo bo‘ldi. Chet ellik yo‘lovchiga qo‘ng‘iroq qilish o‘rniga, haydovchilar suhbatni yozish orqali boriladigan manzilni bilib olishlari mumkin bo‘ladi.

«Yandex.Taxi» xorijiy tildan ona tiliga avtomatik ravishda xabarlarni tarjima qiladi. Bunda haydovchi tomonidan maxsus harakatlar qilinmaydi. Yangi xususiyat 95 tilda ishlar ekan.

«Yandex.Taxi»  ga qo‘shimcha ravishda tarjimon «Taximeter» ga kiritiladi – bu haydovchilar uchun buyurtmalarning bajarilishini kuzatish imkonini beradigan dasturdir. Funksiya «Yandeks» xizmati faoliyat yuritadigan barcha shaharlar va mamlakatlarda mavjud.

Dastur avtomatik ravishda tarjima tilini belgilaydi. Haydovchilar matnni qo‘lda kiritishlari mumkin, yoki yo‘ldan chalg‘itmaslik uchun uni ovoz bilan yozishlari mumkin.

Tarjimonning ishga tushirilishi Jahon Kubogining boshlanishiga to‘g‘ri keldi, shuning uchun chet ellik muxlislarga avtomobilni chaqirish osonroq bo‘ladi.

Manba: fazo.tv

Kiritildi: 13:27 21.06.2018. O'qildi: 1723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!