Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Yandex Go xizmati Qarshida ham ishga tushirildi

Yandex Go xizmati Qarshida ham ishga tushirildi

Bugun Yandex Go Qarshida ham ishga tushirildi. Ilovani yuklagan holda unda kerakli manzilni tanlab, shaharning istagan nuqtasiga yetib olish mumkin. Servis foydalanuvchining joylashuvini o‘zi aniqlaydi va tez yetib keladigan haydovchini topadi.

Yo‘l haqi narxi 3000 so‘mdan boshlanadi. Masalan, "Sulton" mehmonxonasidan Navoiy bog‘igacha borish uchun taxminan 4300 so‘m, Sardobagacha esa 4700 so‘m turadi. Bu shahardagi eng foydali taklif.

"Qarshi - O‘zbekistonda Yandex Go mavjud bo‘lgan to‘qqizinchi shahardir. Shahar aholisi xizmatning qulayligini yuqori baholashiga ishonamiz. Ilovada avtomobilga buyurtma berilgandan so‘ng darhol modeli, avtomobil raqami va kutish vaqti ko‘rsatiladi. Shuningdek, bizda ilova orqali tezda bog‘lanish mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash xizmati mavjud", deydi Yandex Go mintaqaviy menejeri Mirzohid Solihov.

Yo‘l haqining maksimal narxi foydalanuvchilarga mashinaga buyurtma berish vaqtida ma’lum bo‘ladi - shunchaki ilovaga borish kerak bo‘lgan manzilini kiritish kerak. Agar haydovchi yo‘lni ta’mirlash tufayli yo‘nalishdan chetga chiqishi kerak bo‘lsa ham, narx o‘zgarmaydi. Yo‘l haqini naqd pul va karta orqali to‘lash mumkin.

Yandex Go shaxsiy texnologiyalaridan foydalanadi, marshrutlash, navigasiya, buyurtmalarni taqsimlashning aqlli tizimi shular jumlasidan. Bundan tashqari, aprel oyidan boshlab haydovchilar va yo‘lovchilarga sayohat paytida qo‘shimcha sug‘urta dasturi taqdim etiladi.

Yandex Go O‘zbekistonda 2018 yil aprel oyida ishga tushirilgan. Xizmat Toshkent, Farg‘ona, Nukus, Marg‘ilon, Namangan, Andijon, Samarqand, Qo‘qon, Buxoroda faoliyat yuritmoqda. Yandex Go o‘z haydovchilari va mashinalariga ega emas. Xizmat mahalliy tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi. Bepul dastur iOC va Android uchun o‘zbek, rus va boshqa ko‘plab tillarda mavjud.

Kiritildi: 13:46 10.08.2023. O'qildi: 3542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!