Toshkentdagi P.F. Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji va Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilari poytaxtdagi Ekobog‘da o‘zlaridan 10 yosh katta kishi bilan turtilib ketishlari oqibatida janjal kilib chiqqan. Janjal oqibatida kollej o‘quvchilari yonlaridagi pichoq bilan o‘zlaridan 10 yosh katta erkakka jirohat yetkazishgan. Ayblanuvchilardan biri jabrlanuvchining o‘ng qo‘liga va oyog‘iga jami 3 marta pichoq tiqqanini aytadi. Sudya esa jablanuvchining yelkasiga ham pichoq sanchilganini qo‘shimcha qildi. Bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng, jabrlanuvchi shifoxonada og‘ir jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.
Bu tafsilotlar Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida ma’lum qilindi. Voqea joriy yilning 30 iyul kuni sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Jinoyatchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57 hamda 104-moddalariga asosan 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchilari bilan bog‘liq jinoyatchilik birinchi bor qayd etilayotgani yo‘q.
2016 yilning bahor oylarida Toshkentning P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov va Islombek To‘laganov o‘rtasida chiqqan nizo hali 18 yoshga ham to‘lmagan Jasurni oramizdan olib ketgan edi.
Sud 1999 yilda tug‘ilgan Islombek To‘laganov jinoyatda aybdor deb topdi. Unga nisbatan oldindan og‘ir tan jarohati yetkazishni maqsad qilgan holda marhumning o‘limiga sabab bo‘lganlik uchun umumiy tartibdagi koloniyada olti yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanildi.