Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

"Yana bir YPX xodimi kapot ustida sudrab ketildi".

"Yana bir YPX xodimi kapot ustida sudrab ketildi".

🔹Joriy yilning 13 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, "Surxon sohili" MFY hududida YPX xodimi yo‘lning qatnov qismiga to‘xtagan "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisining yoniga borib, o‘zini tanishtirib, to‘xtash qoidasini buzganligini aytib tegishli hujjatlarini taqdim qilishini so‘ragan. Haydovchi xodimning qonuniy talabini bajarmasdan, avtomobilini inspektorning ustiga boshqargan. Xodim qochishga ulgurmasdan avtomobilning kapot qismida osilib qolgan. Avtomobil taxminan 3,4 kilometr masofagacha harakatlangandan so‘ng xodim yerga qulab tushgan.

❗️YPX xodimi tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

‼️Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:30 27.09.2021. O'qildi: 3040 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!