Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Xorazm viloyati suv xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, ilg‘or texnologiyalar, ilm-fan yutuqlarini tatbiq qilish, viloyat tuproq-iqlim sharoitlarida sug‘orishning innovasion va resurs tejamkor texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsad qilingan.
Xorazm viloyati hokimligi mahalliy byudjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan markaz o‘zan tizimlari, drenaj va gidrometriya laboratoriyalari tashkil qilinadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 744-son qaroriga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi.
Qaror bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari SH.G‘aniyev va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov zimmasiga yuklanadi.