Peruning korrupsiyada ayblangan sobiq prezidenti 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda Reuters.
Peru sudi mamlakat sobiq prezidenti Martin Viskarrani pora olishda aybdor deb topdi. Sud unga 14 yillik qamoq jazosi tayinladi. Shuningdek, sobiq prezidentga 9 yil davomida davlat lavozimlarida ishlash ham taqiqlangan. Viskarraning yuridik jamoasi hukm ustidan apellyasiya berganini ma’lum qilgan.
"Viskarra 2011 yildan 2014 yilgacha janubiy Mokegua provinsiyasi gubernatori lavozimida ishlagan. Shu davrda u jamoat ishlari bo‘yicha shartnomalar evaziga qurilish firmalaridan 676 ming dollarga teng miqdorda pora olgan", deya xabar bermoqda Reuters.
Unga qarshi sud ishi esa 2024 yilning oktyabr oyida boshlangan, Viskarra o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, siyosiy ta’qiblar qurboni bo‘lganini aytgan. U 2018 yilda avvalgi prezident iste’foga chiqqach hokimiyatga kelgan, biroq ikki yil o‘tib korrupsiya bo‘yicha tergovlar fonida Kongress tomonidan lavozimidan lavozimidan chetlatilgandi.