Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yana bir poytaxtlik bemor koronavirusdan vafot etdi

Yana bir poytaxtlik bemor koronavirusdan vafot etdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli T. S. (erkak)da 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi IIB Markaziy gospitalida o‘tkir appendisit aniqlangan va operativ davo o‘tkazilgan.  10 iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va og‘ir holatda Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmoqchiligi va infeksion toksik miokardit asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kalalligi, arterial gipertenziyaning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar kuzatilgan. 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli stabil og‘ir bo‘lib turgan bemor, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimasion choralarga qaramasdan, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 23:04 31.07.2020. O'qildi: 3456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!