Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Yana bir davlatda kannabis tibbiy maqsadlar uchun qonuniylashtirildi

Yana bir davlatda kannabis tibbiy maqsadlar uchun qonuniylashtirildi

Ukrainada asosida kannabis o‘simligi bo‘lgan ba’zi dori vositalari, psixotrop moddalari va kimyoviy birikmalari narkotik moddalar ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasining farmoniga asoslanib, Tengrinews xabar berdi.

Xususan, tetragidrokannabinol (TGK) xossasidek ta’sirga ega «Nabilon» sintetik kannabinoidi, shuningdek, tarkibi TGK va kannabidiol bilan bir xil bo‘lgan «Nabiksimols» kannabis ekstraktiga nisbatan taqiq bekor qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Ukrainada endi «Nabilon», «Nabiksimols» va «Dronabinol» (TGK) psixotrop moddalaridan faqat dori vositalari yoki dori vositalarilarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan moddalar shaklida foydalanish mumkin.

Shuningdek, izolyasiya qilingan kannabidiol moddasi ham davlat nazoratidan olinadi.

TCH nashrining aniqlik kiritishicha, «Nabilon» saraton kimyoterapiyasining nojo‘ya ta’sirlarini davolash uchun (ko‘ngil aynishi va qayt qilish), «Nabiksimols» («Sativeks») esa sklerozda mushaklardagi spazmlarni yo‘qotish uchun qabul qilinadi.

Kiritildi: 16:35 11.04.2021. O'qildi: 2125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!