Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Yana bir davlat rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi

A A A
Yana bir davlat rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi

Avstriyaning OMV neft, gaz va kimyo kompaniyasida josuslikda gumon qilingani fosh bo‘lganidan bir necha kun o‘tib, Vena hukumati gumon qilinayotgan top-menejer bilan uchrashgan rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi. 30 sentyabr, seshanba kuni Avstriya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi APA axborot agentligi so‘roviga javoban: «U allaqachon Avstriyani tark etgan», dedi.

Kurier nashri ta’kidlashicha, diplomat Avstriya Tashqi ishlar vazirligi qarori kuchga kirishidan bir kun avval, 24 sentyabr kuni Avstriyani tark etgan.

Rossiya elchixonasi avvalroq o‘z xodimining diplomatik daxlsizligidan voz kechishdan bosh tortgan va shu tariqa Avstriya rasmiylariga uni tekshirishga ruxsat bergan edi.

Moskva bunga javoban avstriyalik diplomatni chiqarib yuborishga va’da berdi. «Biz an’anaviy tarzda barcha bunday qadamlarga javob beramiz. Avstriya tomoniga qarshi choralar allaqachon e’lon qilingan. Tez orada xuddi shunday darajadagi avstriyalik diplomat Rossiyani tark etadi», — deya ma’lum qildi TASS agentligiga Rossiya TIV.

Kiritildi: 23:25 01.10.2025. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!