Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yana bir bor yo‘l-patrul xizmati xodimlariga hujum qilishdi (video)

Yana bir bor yo‘l-patrul xizmati xodimlariga hujum qilishdi (video)

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan “Kobalt” avtomashinasi tekshirish uchun to‘xtatilgan.

Uning haydovchisiga nisbatan tegishli hujjati yo‘qligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga olib ketilayotganda, haydovchi, uning turmush o‘rtog‘i, o‘g‘il va qizi xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatishgani hamda “Kobalt” haydovchisi pichoq bilan xodimlarga tegishli xizmat avtomashinasining oynasini sindirib, ballonlariga shikast yetkazgan.

Quyida IIV tomonidan ushbu xabarga oid tarqatilgan videolavhani havola etamiz.

Asr.uz

Kiritildi: 13:44 09.11.2018. O'qildi: 2086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!