Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Yana bir aviakompaniya Rossiyaga parvozlarini to‘xtatdi

Yana bir aviakompaniya Rossiyaga parvozlarini to‘xtatdi

Isroilning eng yirik El Al aviakompaniyasi Rossiyaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Kelgusi haftada Rossiya havo hududidagi vaziyat tufayli Tel-Aviv va Moskva o‘rtasidagi aviaqatnovlar to‘xtatiladi.

"Keyingi hafta vaziyat qayta ko‘rib chiqiladi, shundan so‘ng reyslarni qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilinadi", - dedi El Al matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni g‘arbiy Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi: Bokudan Grozniyga uchayotgan Ozarbayjon Havo Yo‘llari (AZAL) samolyoti favqulodda qo‘nishga urinish chog‘ida halokatga uchradi. Samolyotda bo‘lgan 67 kishidan 38 nafari halok bo‘lgan.

Bir qator ommaviy axborot vositalari, jumladan Anadolu agentligi, Reuters va Euronews - Ozarbayjon hukumatidagi manbalariga tayanib payshanba kuni samolyot Checheniston osmonida Rossiya havo mudofaa tizimi tomonidan o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi.

Hozircha bu xabarlarning rasmiy tasdig‘i yo‘q.

Avvalroq, samolyoti halokatga uchragan AZAL aviakompaniyasi aviahalokat sabablarini tekshirish tugaguniga qadar Rossiya Federasiyasining Shimoliy Kavkaz mintaqalaridagi ayeroportlarga parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 04:11 27.12.2024. O'qildi: 1390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!