Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yana 4 hududda 198 kishi koronavirusga chalindi

Yana 4 hududda 198 kishi koronavirusga chalindi

2020 yil 30 sentyabr soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 717 (+198) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining: 
📌148 nafari Toshkent shahrida, 
📌25 nafari Jizzax viloyatida, 
📌17 nafari Andijon viloyatida 
📌 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar: 
📌Toshkent shahrida 234 nafar, 
📌Toshkent viloyatida 47 nafar, 
📌Namangan viloyatida 27 nafar, 
📌Jizzax viloyatida ham 27 nafar, 
📌Andijon viloyatida 20 nafar, 
📌Samarqand viloyatida 12 nafar, 
📌Xorazm viloyatida 9 nafar, 
📌Navoiy viloyatida 8 nafar, 
📌Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 53 366 (+396) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 881 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
 

Kiritildi: 18:04 30.09.2020. O'qildi: 2247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!