Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Yana 10 nafar: Samarqandda 1 yashar bola koronavirusni yengdi

A A A
Yana 10 nafar: Samarqandda 1 yashar bola koronavirusni yengdi

Samarqand viloyatida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (5 nafari Oqdaryo tumanidan, 3 nafari  Samarqand shahridan, 2 nafari Toyloq tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 33 yoshda, yoshi kichigi esa 2019 yilda tug‘ilgan.

Viloyatda shu paytga qadar 144 nafar bemor butunlay sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 154 nafar fuqaro kasallikdan butunlay  forig‘ bo‘ldi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2168 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 14:10 16.05.2020. O'qildi: 2875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!