Britaniya Harbiy-dengiz kuchlarining Dengiz savdo operasiyalari boshqarmasi (UKMTO) Yamanning Xodeyda portidan 70 dengiz mili janubi-g‘arbda sodir bo‘lgan va savdo kemasiga zarar yetgan voqea haqida ma’lumot oldi. UKMTO hutiylarning hujumlari va provokasiyalari ehtimoli yuqoriligi sababli kemalarni Yaman qirg‘oqlari yaqinidan o‘tishda ehtiyot bo‘lishga chaqiradi. Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hutiylar 2023 yil noyabrida Xamasning Isroilga qarshi urushiga qo‘shilayotganini e’lon qildi va Yaman qirg‘oqlari yaqinida savdo kemalariga zarba bera boshladi. Ushbu harakatlar Suvaysh kanali orqali transport oqimining pasayishiga olib keldi.