Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Yamal Messi va Ronaldudan o‘zib ketdi

Yamal Messi va Ronaldudan o‘zib ketdi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal milliy jamoa safida yana bir muhim ko‘rsatkichga erishdi.

19 yoshli futbolchi Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi bahsda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. U 2 va 63-daqiqalarda gol urib, Ispaniyaning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Ikkinchi gol Yamal uchun terma jamoadagi yubiley — 10-gol bo‘ldi.

E’tiborli tomoni, "Barselona" vingeri ushbu marraga 19 yoshida yetib keldi. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi esa o‘z milliy jamoalari safida 10-golini 21 yoshida urgan edi.

Hozirga qadar Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi tarkibida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 14 ta assist qayd etgan.

Kiritildi: 09:49 30.09.2026. O'qildi: 1244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik