Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Yakkasaroyda jinoiy guruh ustidan ish ochildi

A A A
Yakkasaroyda jinoiy guruh ustidan ish ochildi

Yakkasaroy tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra 2019 yilning aprel oyida 55 yoshli Ayubxon A., 34 yoshli Akram A., 34 yoshli Mirlaziz M., 50 yoshli Habibullo R.lar 35 yoshli Nuriddin M.ga birgalikda yog‘ ishlab chiqarish bo‘yicha ish yuritishni va’da qilishgan. Turkiyadan arzon narxda texnika xarid qilish uchun ular Nuriddindan 235.000 AQSh dollari olganlar. Ammo va’dalarida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganlar.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud tomonidan garov ko‘rinishida ehtiyot chorasi ko‘rildi.

Kiritildi: 15:22 21.02.2020. O'qildi: 2670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik