Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yakkasaroy tumanida dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Yakkasaroy tumanida dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.U. o‘tkazish maqsadida boshqa shaxslardan olib kelgan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 300 quti (jami 1 500 dona) “Ferrozal” nomli dori vositasini fuqaro T.A.ga 21 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning avtomashinasidan yana 4 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:40 06.01.2025. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!