Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yahudiylar “Aqso” hududiga bostirib kirdi

A A A
Yahudiylar “Aqso” hududiga bostirib kirdi

Fanatik ruhdagi 300 dan ortiq yahudiylar 18 iyul kuni polisiya kuzatuvi ostida “Aqso” masjidi hududiga bostirib kirdi. Bu haqda Quddus Islom vaqfi boshqarmasi “Anadolu”ga xabar berdi.

331 kishi, jumladan bolalar masjid hududiga “Mag‘rib” darvozasi orqali bostirib kirdi.

Iyul oyi boshida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat deputatlariga uch oyda bir marta “Aqso” hududiga kirishiga ruxsat bergandi.

O‘tgan haftada muqaddas maskanga odamlar bilan birga bir qator deputatlar, jumladan qishloq xo‘jaligi vaziri Uri Ariel ham kirgandi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 16:00 19.07.2018. O'qildi: 1872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik