Islomni qabul qilgan yahudiy jurnalist Mahdi Masjid isroillik yuqori martabali amaldor do‘stlashgan bo‘lishiga qaramay, Isroilni tanqid ostiga oldi. Bu haqda Egypt Independent nashri xabar bermoqda.
“Avvallari men musulmon emasdim, endi esa haqiqatni topishimga yordam bergan Yaratganning marhamati bilan Islomga ishonaman”, – deya yozdi u Tvitterdagi sahifasida.
Mahdi Masjid haj ibodatini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga borishni rejalashtirgan.
U Isroilni tanqid qildi va uni “sionistlar davlati” deb atadi.
“Men sizlarni Isroilga va Isroil rasmiylariga ishonmaslikka chaqiraman, so‘zlari qanchalik shirin bo‘lmasin, ular faqat o‘z manfaatlarini o‘ylaydi”, – dedi jurnalist.
Manba: azon.uz