Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

“Yagona integrasiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi

“Yagona integrasiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi

“Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-224-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi (Qo‘mita) raisi va uning o‘rinbosarlari zimmasiga 2025 yilda quyidagi ustuvor vazifalar yuklandi, jumladan:

sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarini qayta ko‘rib chiqish;

sanoat xavfsizligini ta’minlashda masofadan nazorat qilish mexanizmini joriy etish;

sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining metallurgiya tarmog‘ida xavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi Qo‘mitaga o‘tkaziladi.

Inspeksiya tuzilmasidagi Bekobod kon-texnika inspeksiyasi tugatiladi.

Qo‘mita tuzilmasida quyidagilar tashkil etiladi:

Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
Temir yo‘l sanoat xavfsizligi inspeksiyasi.

2025 yil yakunigacha “Yagona integrasiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi.

2025 yil 1 iyuldan sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi sohasidagi belgilangan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llash tartibi joriy etiladi.

Kiritildi: 09:46 27.12.2024. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!