Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

XXI asrning eng yaxshi sportchisi nomi e’lon qilindi

XXI asrning eng yaxshi sportchisi nomi e’lon qilindi

Amerikalik suzuvchi Maykl Felps ESPN talqiniga ko‘ra XXI asrning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Ikkinchi o‘rinda amerikalik tennischi Serena Uilyams, kuchli uchlikni argentinalik futbolchi Lionel Messi yakunlab turibdi.

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu 13-o‘rinni egalladi.

Maykl Felps 23 karra Olimpiada chempioni. U 2016 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiadadagi so‘nggi medalini qo‘lga kiritdi.

Felps 15 yoshu 9 oyligida suzish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan eng yosh odamga aylandi. Keyin u 200 metrga batterflay usulida rekord o‘rnatdi.

Felps, shuningdek, 2001-2010 yillarda individual musobaqalar va estafetalarda 50 karra AQSh chempioni sanaladi.

Kiritildi: 12:30 21.07.2024. O'qildi: 2932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!