Ukraina dushanba kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasidan (XVJ) 1,1 mlrd dollar (1 mlrd yevro) oldi, dedi mamlakat bosh vaziri Telegram’dagi postida.
Bu mamlakatga 9,8 milliard dollar taqdim etgan dasturning oltinchi qismidir.
Noyabr oyida Bosh vazir Denis Shmigal 2022-yil fevralida Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinining boshlanishidan beri Ukraina xorijdan 100 milliard dollardan ortiq moliyaviy yordam olganini aytdi.