O‘zbekistonda 5G ni tatbiq etish bo‘yicha Prezident topshirig‘ini bajarish uchun “Coscom” mobil aloqaning beshinchi avlodi – 5Gni sinash jarayonini boshladi. Jumladan, “ICT EXPO 2019” ko‘rgazmasi doirasida jurnalistlar, blogerlar hamda ko‘rgazma ishtirokchilari uchun sinov rejimidagi 5G qurilmasining namoyishi o‘tkazildi, deb yozmoqda O‘zA.
Ko‘rgazmaning birinchi kunida “Ucell”ning muhim tashabbusiga start berildi. Bu – poytaxt metrosida 3G va 4G texnologiyali mobil aloqadan foydalanish imkoniyatiga doir loyihadir. Endi Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Amir Temur xiyoboni” va “Mustaqillik maydoni” bekatlarida Metrotelecom bilan hamkorlikda Ucell mobil tarmog‘i ishga tushadi. Nihoyat, Toshkent shahrining faxri bo‘lmish yer osti transportida mobil aloqa va internetdan foydalanish imkoniyati yaratildi.