Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xushnudbek Xudoyberdiyev: «Kimdir katta miqdorda «sabzi» sotmoqchimi yo?» Jamoat transportida tibbiy qo‘lqop majburiy qilinishi haqida

Xushnudbek Xudoyberdiyev: «Kimdir katta miqdorda «sabzi» sotmoqchimi yo?» Jamoat transportida tibbiy qo‘lqop majburiy qilinishi haqida

19 oktyabrdan Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob bilan birgalikda tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi shart etib belgilangani haqida Transport vazirligi xabar tarqatdi.

Xabarga ko‘ra, maxsus ishchi guruhi tomonidan transport infratuzilma ob’ektlari va jamoat transportida kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkaziladi.

Ushbu qaror ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

«Kecha tuni bilan bundan ko‘zlangan mantiqiy maqsadni o‘ylab, o‘yimga yeta olmadim, – deb yozadi bloger Xushnudbek Xudoyderdiyev. – Birinchidan, buning qanday foydasi bor? Kimdir aniq kafolat bera oladimi bu qaror foydali ekanligiga. Ilmiy izlanishlar olib borilganmi? Aniq tadqiqotlarning xulosasi bormi? Yoki shunchaki qaysidir kottakonning xayoliga keldi, tamommi? Dezinfeksiya tunnellaridan saboq chiqarmadikmi?

Ikkinchidan, Transport vazirligining bunaqa qaror qabul qilishga vakolati bormi o‘zi? Fuqarolarga yana qo‘shimcha xarajat qildiradigan majburiy talabni qo‘yishga kim ularga huquq berdi? Yoki tekin qo‘lqop tarqatishadimi hamma yo‘lovchilarga?

Ha, aytgancha, bu hali hammasi emas. Endilikda Transport vazirligining inspektorlari va huquq-tartibot idoralari vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhi transport ob’ektlari va jamoat transportida kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazar ekan, ya’ni niqob hamda qo‘lqop taqmagan fuqarolarni aniqlab, jarima solishsa kerak-da hoynahoy.

Xullas, bu qarorni o‘qib, avvalroq kanalimda yozgan latifa yana esimga tushib ketdi. Kimdir telefon qilgan shekilli, "akalar, sabzimiz ketmayapti, sabzini aytinglar" deb...».

Kiritildi: 13:06 17.10.2020. O'qildi: 4374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!