Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xotin-qizlar qo‘mitasiga shikoyat qilib kelgan ayollar nega hibsga olindi?

Xotin-qizlar qo‘mitasiga shikoyat qilib kelgan ayollar nega hibsga olindi?

Bir necha kunlardan buyon ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga shikoyat qilib kelgan ayollarning hibsga olinganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Xotin-qizlar qo‘mitasi rasmiy bayonot bilan chiqdi.

"Ushbu holat Qo‘mita hududidan tashqarida, trassada ro‘y bergan. Shu kuni ayollar Qo‘mitagacha yetib kelmagan, xodimlar bilan uchrashmagan. 

Keyinroq ma’lum bulishicha, ushbu ayollar jamoatchilik tartibini buzganligi uchun ko‘chada Milliy gvardiya xodimlari tomonidan olib ketilgan.

Ushbu voqeadan keyin ayollar Qo‘mitaga taklif etilgan, ular bilan suxbat o‘tkazilgan, ularning muammolari huquq-tartibot idoralari vakolatida bo‘lganligi tufayli, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilmoqda. Ikki nafar ayolning muammolariga esa ijobiy yechim topilgan.

Hurmatli vatandoshlar! Shu o‘rinda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida fuqarolarni qabul qilish ishlari har kuni amalga oshirilishini ma’lum qilamiz. Qo‘mita raisi Tanzila Narbayevaning kabul kunlari – haftaning har payshanba kuni (xizmat safarida bo‘lgan kunlaridan tashqari)", deyiladi rasmiy xabarnomada.

Kiritildi: 12:10 19.06.2019. O'qildi: 1624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!