Xorvatiyaning amaldagi prezidenti Zoran Milanovich 49,09% ovoz oldi. Uning eng yaqin raqibi Dragan Primorasni esa saylovchilarning 19,35% qo‘llab-quvvatladi.
Milanovich 2020 yildan beri prezident lavozimida faoliyat yuritmoqda. U Kiyevni tanqid qilishi bilan mashhur, bu tanqidlar hatto Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanishidan avval ham yangragan. 2022 yil yanvarida Milanovich Ukrainani "dunyodagi eng korrupsiyalashgan davlat" deb atagan, keskinlashayotgan vaziyatni esa "Rossiyaning biqinida yuz berayotgan hodisalar" sifatida ta’riflagan edi. Milanovich, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishni va Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritilishini ham tanqid qilgan.
Uning raqibi Dragan Primoras pediatr, sud ekspertizasi bo‘yicha mutaxassis, tibbiy genetika sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis va Xorvatiyaning sobiq fan, ta’lim va sport vaziri hisoblanadi.
Xorvatiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi 12 yanvarda o‘tkazilishi belgilangan.