Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Xorijdagi o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarda ovoz bera olishi ma’lum bo‘ldi

Xorijdagi o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarda ovoz bera olishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari mavjud bo‘lgan 37 ta davlatda 54 ta stasionar saylov uchastkalari tashkil etildi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga MSK matbuot xizmati ma’lum qildi.

MSK shuningdek, aynan qaysi xorijiy mamlakatlarda o‘zbekistonliklar ovoz berishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

«Mazkur uchastkalar Avstriya, Afg‘oniston, AQSH, BAA, Belarus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Quvayt, Latviya, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Tailand, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Ummon, Fransiya, XXR, Hindiston, Shveysariya, Eron va Yaponiyada joylashgan», — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalari 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirilgan.

Kiritildi: 13:59 14.10.2021. O'qildi: 1529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!