“Xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlarini xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3772-son, 09.02.2026 y.).
🔰 Ushbu Nizom Migrasiya agentligi tomonidan xorijiy ish beruvchilar va rekruting tashkilotlaridan jalb qilingan bo‘sh ish o‘rinlarini xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida ochiq tanlov yo‘li bilan taqsimlash tartibini belgilaydi.
📝 Agentlik xorijiy ish beruvchilar va rekruting tashkilotlaridan jalb qilingan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron platformada e’lon qiladi.
✔️ Bu haqida xususiy bandlik agentliklarining elektron platformadagi shaxsiy kabinetlariga avtomatik ravishda xabarnoma yuboriladi.
⛔️ Kvotalar to‘g‘risidagi e’lon muddati 5 ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
⏳ Xususiy bandlik agentliklari kvotalar to‘g‘risidagi e’lon joylashtirilgan kundan boshlab undagi belgilangan muddat tugagunga qadar ariza yuborishlari mumkin.
📑 Kvotalar arizasi ijobiy qabul qilingan xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida teng taqsimlanadi.