Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Xorijda qarovsiz qolgan 26 nafar bola Vatanga qaytarildi

Xorijda qarovsiz qolgan 26 nafar bola Vatanga qaytarildi

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan bolalarni Vatanga qaytarish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar doirasida navbatdagi amaliy natijaga erishildi.

2026 yil 8 fevral kuni IIV, SSV va Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillaridan iborat ishchi guruhning Rossiya Federasiyasiga xizmat safari yakunlanib, u yerda qarovsiz qolgan 6 nafar voyaga yetmagan bola Toshkentga olib kelindi.

Bolalar poytaxtdagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, zarur tibbiy, huquqiy va ijtimoiy tadbirlar o‘tkazilgandan so‘ng, ota-onalari hamda yaqin qarindoshlariga topshirildi.

Ularning keyingi ijtimoiy moslashuvi va qo‘llab-quvvatlanishi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davom ettiriladi.

Kiritildi: Bugun 18:40. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!