Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmda tornado kuzatilgani rost(mi)?

Xorazmda tornado kuzatilgani rost(mi)?

Telegram kanallarga joylashtirilgan “Xorazmda tornado kuzatildi” deb nomlangan videolavhaga “O‘zgidrometeorologiya” xizmat markazi aniqlik kiritdi.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, joriy yilning sentyabr oyida Xorazm viloyatida kuchli shamol kuzatilmagan.

Yoz  oylarida Xorazm viloyati bo‘yicha bir necha marta shamolning tezligi kuchayib, 15-20 m/s ga yetgani qayd etilgan. Bu odatiy va takrorlanib turadigan hodisa bo‘lib, tornada (quyun)ga aloqasi yo‘q.

“Internetda joylashtirilgan video 2019 yilning 18 iyunida olingan. Lavhada mahalliy kuchli shamol – shamolning yo‘nalishi o‘zgarishi bilan uning qisqa muddatli keskin kuchayishi va shu bilan “quyun” samarasining vujudga kelishi videoga olingan”, deya izohlamoqda mutaxassislar.

Ma’lumot uchun, tornado yoki  quyun – juda kuchli, haddan tashqari katta tezlik bilan aylanadigan voronkasimon quyun bo‘lib, to‘p-to‘p-yomg‘irli (momaqaldiroqli) bulutda hosil bo‘lib, pastga tomon bulutli yeng yoki xartum  sifatida tarqaladi va diametri bir necha o‘n yoki yuz metr bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 06:30 20.09.2019. O'qildi: 5000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!