Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xorazmda bolalarni qarg‘agan tarbiyachi ishdan bo‘shadi

Xorazmda bolalarni qarg‘agan tarbiyachi ishdan bo‘shadi

Ijtimoiy tarmoqlarda 19 sentyabr kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi bog‘chalarning birida tarbiyachilarning bolalarni qarg‘agani aks etgan videolavha tarqaldi.

Mazkur holat Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida videolavhada aks etgan holat joriy yil 18 sentyabr kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi 39-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2-o‘rta guruh tarbiyachisi M.B o‘zining mobil qurilmasida tarbiyalanuvchilar bilan shug‘ullanayotib jarayonni videotasvirga olganligi va behosdan shu guruh ota-onalari uchun ochilgan maxsus telegram guruhiga joylaganligi aniqlandi.

Ishchi guruhi tomonidan tashkilot xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, qayta shunday holatlar sodir bo‘lsa qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirildi.

Holatga sababchi bo‘lgan tarbiyachi M.B esa qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirib, mazkur guruh ota-onalaridan uzr so‘raganligi va o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shaganligi ma’lum qilindi.

Kiritildi: Bugun 11:22. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!