“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuratura va IIB hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yangiariq tumani joylashgan “G‘. T.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Xususan, ushbu shaxobchaning toraytiruvchi qurilma kamerasiga o‘rnatilgan plomba buzilganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 505,8 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.