Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

XOQ rahbari Koreya prezidentidan uzr so‘radi

XOQ rahbari Koreya prezidentidan uzr so‘radi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida mamlakat delegasiyalarini tanishtirish chog‘ida sodir bo‘lgan voqea uchun Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yoldan uzr so‘radi.

26 iyul kuni bo‘lib o‘tgan sportchilar paradida Janubiy Koreya terma jamoasi adashib KXDR deb ko‘rsatildi. Bu voqeadan so‘ng Koreya Respublikasi rahbariyati g‘azablanib, Bax bilan uchrashishni talab qilgan.

"Bugun XOQ prezidenti Tomas Bax Koreya Respublikasi prezidenti Yun Seok Yol bilan suhbatlashdi.

Mazkur telefon suhbatida XOQ prezidenti kecha Parij Olimpiadasi ochilish marosimining audiotranslyasiyasidagi xatolik uchun samimiy uzr so‘radi.

Kiritildi: 10:46 28.07.2024. O'qildi: 1048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!