Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning lisenziyasi nega tugatildi?

A A A
Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning lisenziyasi nega tugatildi?

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning lisenziyasi tugatildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati xabar tarqatdi.  

Manba bergan xabarda qayd qilinishicha, Ulug‘bek Rahmatullayev bilan tuzilgan lisenziya bitimi talab va shartlari buzilgan.

Shu sababli ushbu xonanda nomiga berilgan lisenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan 2018 yil 27 iyundan tugatilgan.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 12:50 27.06.2018. O'qildi: 2533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik