Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xonanda Mohira Asadova Shuhrat Qayumovning o‘limi sababini ochiqladi

Xonanda Mohira Asadova Shuhrat Qayumovning o‘limi sababini ochiqladi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumovning o‘limi sababi ma’lum qilindi. Bu haqda xonanda Mohira Asadova o‘zining "Facebook" sahifasida yozdi.

«Bundan ikki yilcha avval Shuhrat Qayumov bilan bir s’yomka davomida ancha suhbatlashib qolganimizda, u kishi ko‘p vaqtdan beri betobligi va bu betobligining sababi esa ‘oblast’larning birida o‘tkazgan to‘y marosimida ochiq va sershamol bo‘lgan yerda terlab turib, qo‘shiq aytgani va shu tadbirdan so‘ng ikki tomonlama pnevmoniya bo‘lgani, bu kasallikning davomi esa saraton kasalligiga ulanib ketgani va bu kasallikka davo izlab Moskva shahriga borib kelgani haqida tushkun bir kayfiyatda so‘zlab berib, meni g‘amgin qilgan edi.

Ming afsuski, bu bedavo dard bugun safimizdan yana bir do‘stimizni olib ketdi. Yaxshi suxandon, xonanda, samimiy va kamtarin inson Shuhrat Qayumov o‘z muxlislari qalbida abadiy yashaydi.

Ruhingiz shod, oxiratingiz obod bo‘lsin do‘stim, diydor qiyomatga qoldi», — deb yozadi xonanda Mohira Asadova.

 

Kiritildi: 18:20 22.09.2020. O'qildi: 20185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!