Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xom sut salomatlik uchun xavfli(mi?)

Xom sut salomatlik  uchun  xavfli(mi?)

"Microbiome"  ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytilishicha,  xom  sut inson  salomatligi  uchun  xavfli  bo‘lgan  bakteriyalar  manbai bo‘lishi  mumkin.

Kaliforniya universiteti  olimlari o‘tkazgan  tadqiqotda pasterizasiya qilingan va pasterizasiya qilinmagan sutning 2034 ta chakana namunalari tahlil qilingan  bo‘lib, natija  "xom  sut ichak  uchun  foydali probiotiklarga  boy"  degan odatiy tushunchani  shubha  ostiga  qoldirdi. 

"Biz xom sut namunalarida  ko‘p miqdordagi foydali bakteriyalarni topa olmadik", degan  bu  haqda  tadqiqot muallifi Szinsin Lyu (Jinxin Liu). Uning so‘zlariga ko‘ra, agar yangi sog‘ilgan  sut xona haroratida ochiq idishda qoldirilsa,  vaqt o‘tishi bilan unda pasterizasiya qilingan mahsulotlarga qaraganda  dori-darmonlarga chidamli xavfli bakteriyalar ko‘proq paydo bo‘ladi.

Kiritildi: 14:45 03.07.2020. O'qildi: 2417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!