“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Norvegiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Norvegiya futbol assosiasiyasi sayti xabar berdi.
24 yoshli futbolchi ketma-ket beshinchi marta sovrinni qo‘lga kiritdi.
"Men uchun bu yoqimli va ajoyib e’tirof, men buni juda qadrlayman. Men ketma-ket beshinchi yil sovrinni qo‘lga kiritganimdan faxrlanaman.
Bu yaxshi yil bo‘ldi, men barqaror o‘ynadim va gollar urdim, shuning uchun bundan xursandman. Biz Premyer-ligada g‘alaba qozondik, bu fantastik edi va jamoa bilan ko‘p muvaffaqiyatlarga erishdik", dedi hujumchi.