"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning ketishi haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik mutaxassis joriy mavsum yakunlanganidan keyin "shaharliklar"ni tark etadi.
"Maydonda Pepning “suhbatlari”ni sog‘inaman", — deb yozdi norvegiyalik to‘purar ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa olti marta Angliya Premyer ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek, UYEFA Chempionlar ligasida ham g‘olib bo‘ldi.
APLning so‘nggi turida "Manchester Siti" "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.