Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xoland boshchiligidagi Norvegiya Isroilni tor-mor keltirdi

Xoland boshchiligidagi Norvegiya Isroilni tor-mor keltirdi

Norvegiya terma jamoasi JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Isroilga qarshi bahsda yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland o‘yinda xet-trik qayd etdi va terma jamoadagi gollari sonini 51 taga yetkazdi. Isroil terma jamoasi futbolchilari Anan Xalili va Idan Naxmias ushbu o‘yinda avtogol muallifi bo‘ldi.

Norvegiya terma jamoasi ochkolari sonini 18 taga yetkazib, I guruhda peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Jahon chempionati saralash bosqichidagi navbatdagi o‘yinni norvegiyaliklar 13 noyabr kuni Estoniyaga qarshi o‘tkazsa, isroilliklar 14 oktyabr kuni Italiya bilan kuch sinashadi.

JCh saralashi, Yevropa, I guruhi
11 oktyabr, 21:00, Ullevaal (Oslo)
Norvegiya - Isroil - 5:0
Gollar: Xalaili, 18 - avtogol (1:0). Xoland, 27 (2:0). Naxmias, 28 - avtogol (3:0). Xoland, 63 (4:0). Xoland, 72 (5:0)
Foydalanilmagan penalti: Xoland, 6’

Kiritildi: 23:30 11.10.2025. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!