Yulduz hujumchi Erling Xoland "Manchester Siti"ni tark etgan taqdirda, faoliyatini davom ettirish uchun faqat ikki variantni ko‘rib chiqishga tayyor.
Teamtalk ma’lumotiga ko‘ra, norvegiyalik to‘purar Madridning "Real" yoki Kataloniyaning "Barselona" klubiga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.
Xoland Ispaniya La Ligasini o‘zi uchun eng maqbul variant deb hisoblaydi va Angliya Premyer-ligasining boshqa klubiga o‘tishni istamaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" moliyaviy qoidabuzarliklar bilan bog‘liq ish tufayli jiddiy sanksiyalarga duch kelishi mumkin.
Erlingning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2034 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. 26 yoshli futbolchining bozor qiymati 220 million yevroni tashkil etadi.