Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Xodimga 23 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari to‘lab berildi

A A A
Xodimga 23 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari to‘lab berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va davlatimiz tomonidan inson huquq va manfaatlari qonuniy himoyadadir. Mehnat munosabatlarida ish beruvchi tomonidan xodim ishlagan davri uchun ish haqi o‘z vaqtida to‘lab berilishi zarurdir.

Majburiy ijro Byurosining Bektemir tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasidan undiruvchi Shukurov Taxir Tojinorovich foydasiga jami 23 mln. 313 ming so‘m ish haqi undirish haqidagi ijro ishi 05.07.2023 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushib, davlat ijrochisi SH.Botirov tomonidan tegishli ogohlantirishlar berilib, qarzdor tashkilotdan undiruvchi foydasiga pul mablag‘lari to‘liq undirilib berilgan xolda ijro ishi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi va xodimning poymol bo‘lgan huquqining tiklanishi ta’minlandi.

Kiritildi: 18:52 10.07.2023. O'qildi: 2228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!