Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoyning yirik neft portlari Rossiyaning “soya flotiga” qarshi sanksiyalarga qo‘shildi

Xitoyning yirik neft portlari Rossiyaning “soya flotiga” qarshi sanksiyalarga qo‘shildi

Xitoyning yirik neft portlari Rossiyaning “soya flotiga” qarshi sanksiyalarga qo‘shildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Cheklovlar joriy etilgani haqida Xitoyning eng yirik port operatorlaridan biri Shandong Port Group e’lon qildi. Kompaniya AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan tankerlarga Shanxay provinsiyasi portlarida to‘xtash, yuk tushirish va boshqa port xizmatlarini ko‘rsatishni taqiqladi.

Shandong Port Group Shanxay provinsiyasidagi portlarni boshqaradi. Bu portlar orqali Rossiya, Eron va Venesueladan sanksiya ostidagi neft mahsulotlarining asosiy qismi import qilinadi. Ushbu provinsiya Xitoyning asosiy sanoat markazlaridan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 10:34 08.01.2025. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!