Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoyning BMTdagi vakili AQSh va g‘arb davlatlarini tajovuzkorlikda aybladi

Xitoyning BMTdagi vakili AQSh va g‘arb davlatlarini  tajovuzkorlikda aybladi

Xitoyning BMTdagi vakili AQSh va g‘arb davlatlarini Sinsyan, Tibet va Gonkongga nisbatan tajovuzkorlikda aybladi.

BMT Bosh assamleyasida ko‘rilgan masalalarga doir umumiy munozaralarda Xitoyning tashkilotdagi doimiy vakili Chjan Szyun AQSh va boshqa g‘arb davlatlarining Sinsyan, Tibet va Gonkongga nisbatan tajovuzlarini tanqid qildi va “inson huquqlari himoyasi”ni bahonasida Xitoyning ichki ishiga aralashuvga qarshi chiqdi.
“Sinxua” xabarida ta’kidlanishicha, AQSh “diplomatik yolg‘on”dan foydalanib ayblovlarni o‘ylab topmoqda.

Diplomatning fikricha, “AQShning asosiy maqsadi Xitoy taraqqiyotiga halaqit berish, uni to‘xtatishga intilishdan iborat. Zamonaviy AQShda hamon afroamerikalik, osiyolik va boshqalarga nafrat ruhidagi irqchi ekstremistik tashkilotlar keng tarqalgan”.

Chjan Szyun pozisiyasini Kuba, Suriya, Belarus, Shimoliy Koreya, Efiopiya va boshqa qator davlatlarning doimiy vakillari qo‘llab-quvvatladi.

Kiritildi: 10:32 06.10.2021. O'qildi: 1182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!