Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Xitoydan mandarin va ananas importi uchun vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi

Xitoydan mandarin va ananas importi uchun vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi

Xitoydan O‘zbekistonga import qilinayotgan mandarin va ananas mevalarini olib kirishda o‘simliklar karantini ob’ektlari muntazam ravishda aniqlanayotganligi sababli Xitoydan mandarin va ananas importiga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi.

Xitoydan import bo‘lgan mandarin va ananas partiyalaridan tegishli tartibda olingan namunalar Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ekspertizadan o‘tkazilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, namunalarda “Sitrus oq-qanoti” (Dialeurodes citri Ashmead), Sharq sitrus qalqondori (Unaspis yanonensis Kuwana), “Ananas unsimon qurti” (Dysmicoccus brevipes Cockerell) kabi karantin osti zararkunandalari aniqlangan. Mazkur turdagi zararli organizmlar 20 ga yaqin yukda topilgani ma’lum bo‘ldi.

Zararlangan mahsulotlar to‘g‘risida Xitoy davlatining o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha milliy tashkiloti ogohlantirilib, ma’lumotlar va tegishli hujjatlar taqdim etildi.

Taqiq o‘rnatilgan davrda Xitoy davlatidan olib kelinishi rejalashtirilayotgan mandarin va ananas mevalariga karantin ruxsatnomasini rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi.

Mazkur chora potensial xavf tug‘diruvchi o‘simliklar karantini ob’ektlarining O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida, taqiq sabablari bartaraf etilgunga qadar vaqtincha joriy etilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:55. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!