Xitoyning vaksina ishlab chiqarishga ixtisoslashgan CanSino Biologics Inc kompaniyasi o‘zining koronavirusga qarshi ishlab chiqargan Ad5-nCOV nomli vaksinasiga patent olishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Ad5-nCOV Xitoyda ishlab chiqarilishga ruxsat berilgan koronavirusga qarshi ilk vaksina hisoblanadi.
Saudiya Arabistoni shu oyda Xitoyning CanSino kompaniyasiga tegishli vaksinaning uchinchi bosqichdagi klinik sinovlarini o‘z hududida boshlashini ma’lum qilgandi. Shuningdek, CanSino o‘zining vaksinasini sinovdan o‘tkazish uchun Rossiya, Braziliya va Chili davlatlari bilan ham muzokaralar olib bormoqda.
CanSinoning vaksinasi patent olganidan keyin uning aksiyalari narxi ko‘tarildi. Dushanba kuni bu kompaniyaning Gongkongdagi aksiyalari 14 foizga, Shanghaydagi aksiyalari esa 6.6 foizga ko‘tarilgan.