Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoydagi dahshatli virus oltin narxiga ta’sir ko‘rsatdi

Xitoydagi dahshatli virus oltin narxiga ta’sir ko‘rsatdi

Xitoydagi yangi koronavirus oltin narxini qo‘zg‘atdi: qimmatbaho metallning qiymati olti yil ichida eng yuqori darajaga ko‘tarildi. “MarketWatch” ma’lumotlariga ko‘ra, bu kasallik boshqa mamlakatlarga tez tarqalishi mumkin degan qo‘rquv bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan, sarmoyadorlar xavfli aktivlarga emas, balki xavfsiz investisiyalarni afzal ko‘rishadi.

Oltin unsiyasining narxi 1582,2 dollargacha ko‘tarildi, bu 2013 yil aprel oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Kumushning narxi 0,5 foizga oshdi – bir unsiya uchun 18,2 gacha.

Kasallik 2019 yil oxirida Xitoyning Vuxan shahrida paydo bo‘lgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda ushbu virusni yuqtirganlar soni 4,5 ming kishidan oshdi. Yangi virus tufayli pnevmoniyadan 106 kishi vafot etdi. Kasallik Xitoydan tashqarida – Tailand, Avstraliya, Singapur, Yaponiya, AQSH, Malayziya, Fransiya va boshqa bir qator mamlakatlarda. Rossiyada yuqtirish holatlari haqida hali xabar qilinmagan.

Virusning tez tarqalishi haqidagi xavotirlar jahon bozorlariga ta’sir ko‘rsatdi. Kuchli pasayish Shanxay fond birjasida qayd etildi – Shanxay kompozit indeksi 2,8 foizga tushdi. Yevropaning «Stoxx 600» indeksi 1,83 foizga, Yaponiyaning «Nikkei 225» indeksi 2,03 foizga tushdi. «S&P Global Ratings» ma’lumotlariga ko‘ra, virusning tarqalishi Xitoyda iste’mol xarajatlarining pasayishiga olib keladi. Ushbu sektor mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishning eng muhim omillaridan biri deb ataladi.

Kiritildi: 15:00 28.01.2020. O'qildi: 3738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!