Xitoyning Xarbin shahri 10 mln kishilik bo‘lib, koronavirus tarqalishini to‘xtatish maqsadida shaharga boshqa shaharlar aholisi va u yerda ro‘yxatdan o‘tmagan transport kirishi taqiqlandi.
Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Avvalroq Xarbinga Xitoy tashqarisidan yoki epidemiya hududlaridan kelganlar 28 kunlik karantinni o‘tishlari kerak bo‘lgan. Shahar rahbariyati koronavirus tarqalishi qayd qilingan turar-joylarni ham 14 kunga yopishga qaror qilgan.
Xarbin Rossiya bilan chegaradosh Xeylunszyan provinsiyasi poytaxti hisoblanadi.
Shaharda koronavirusga chalinganlar soni 52 nafarga yetgan. Ulardan 3 nafari Rossiyadan kelgan. Shu bilan birga yana 1400 kishi kuzatuv ostida qolib, ular koronavirus alomatlari mavjudligiga tekshirilmoqda.