Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoyda O‘zbekiston uchun maxsus ombor ochildi

Xitoyda O‘zbekiston uchun maxsus ombor ochildi

Dushanba kuni Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasida transchegaraviy savdoni osonlashtirish maqsadida O‘zbekiston uchun xorijdagi ombor ochildi.

Umumiy maydoni 9000 kub metr bo‘lgan ombor Gansu (Lanchjou) xalqaro quruqlik portining bojxona logistika markazida joylashgan, deya xabar bermoqda “Sinxua”.

Bu, asosan, O‘zbekistondan Xitoyga tovarlar oqimini yengillashtirishga yordam beradi.

Lanzhou International Land Port Investment Development Co., Ltd. raisining so‘zlariga ko‘ra, ombor tovarlarni yetkazib berish muddatini 30 kundan 3 yoki to‘rt kungacha qisqartirishga yordam beradi, shuningdek, katta miqdordagi yuklarni tashishni soddalashtiradi.

Joriy yilning oktyabr oyida Toshkentda Gansu provinsiyasi uchun xorijdagi ombor ochilgandi. Xorijdagi omborning tashkil etilishi Gansuning Markaziy Osiyo bozoriga kirishiga yordam beradi va ikki tomon o‘rtasidagi savdo va almashinuvni osonlashtiradi.

Kiritildi: 17:14 28.12.2021. O'qildi: 5013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!