Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoyda sud birinchi marta erkak kishiga sobiq xotiniga uy yumushlari uchun tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi. Ayolning foydasiga 7,7 ming dollar to‘lash belgilandi

Xitoyda sud birinchi marta erkak kishiga sobiq xotiniga uy yumushlari uchun tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi. Ayolning foydasiga 7,7 ming dollar to‘lash belgilandi

Pekinda sud ajrim vaqtida erkakka butun turmush mobaynida bajargan uy ishlari uchun xotiniga tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi, deb yozadi Meduza mahalliy nashrlardan biriga tayanib.

Xitoyda sud birinchi marta erkak kishiga sobiq xotiniga uy yumushlari uchun tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi. Ayolning foydasiga 7,7 ming dollar to‘lash belgilandi

Pekinda do‘konga navbat. 2021 yil, fevral

Foto: AP Photo

Janob Chen va Van xonim 2015 yilda turmush qurgan, o‘g‘il farzand ko‘rgan. 2020 yilda Chen ajrashish uchun ariza bergan. Uy bekasi bo‘lgan xotini uni maishiy masalalar bilan shug‘ullanmaganlikda va farzandi haqida qayg‘urmaganlikda ayblab, 160 ming yuan (24 800 dollar) miqdorida tovon puli talab qilgan.

Sud Chen xotiniga ularning turmushi davomida bajargan uy yumushlari uchun 50 ming yuan (7,7 ming dollar) tovon puli to‘lashi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bundan tashqari, sud bolani onasi bilan qoldirib, sobiq erga har oy 2 ming yuan (300 dollar) miqdorida aliment to‘lash majburiyatini ham yukladi.

South China Morning Post nashri yozishicha, bu Xitoyda qabul qilingan birinchi shunday sud qaroridir. 1 yanvardan mamlakatda Fuqarolik kodeksining yangi tahriri amal qilishni boshlaganidan keyin bunday qarorni chiqarish imkoniyati yuzaga keldi. U er yoki xotin nikoh mobaynida bolalar tarbiyasi yoki keksalar parvarishi borasida katta mas’uliyatni o‘ziga olgan bo‘lsa, shuningdek, turmush o‘rtog‘iga uning ishida yordam bergan bo‘lsa, ajrim chog‘ida tovon puli talab qilish imkoniyatini beradi.

Xitoy OAVlari ushbu voqea haqida fevral boshidayoq yozishni boshlagan edi. U katta shov-shuvni keltirib chiqardi. U bilan bog‘liq xeshteg Weibo mikrobloglar platformasida (u mamlakatdagi eng ommabop ijtimoiy tarmoq) bir necha hafta ichida 570 million martadan ko‘proq ko‘rildi. Weibo foydalanuvchilarining ba’zilari ayolga juda kam tovon puli belgilangan deb hisoblagan. «Uy bekasining ishiga yetarlicha baho berilmaydi. Pekinda bolaga enaga yollash bir yilda 50 ming yuandan qimmatroqqa tushadi», — deyiladi izohlardan birida.

Tovon puli haqida qaror qabul qilgan sudya Fen Myaoning aniqlik kiritishicha, pul qiymatini belgilashda nikoh davom etgan vaqt, Van xonimning uy yumushlariga qo‘shgan hissasi, erining daromadi va Pekinda hayot kechirish narxi kabi bir nechta omillarga tayangan.

Xitoy qonunchiligi 2001 yildanoq ajrim vaqtida uy ishlari uchun tovon puli talab qilish imkonini beradi. Ammo bu qoida ilgari faqat birgalikda orttirilgan mulkni bo‘lib olish haqida bitim tuzgan er-xotinlarga nisbatan amal qilardi. Xitoylik er-xotinlarning 3-5 foizigina shunday yo‘l tutardi, shu sababli Fuqarolik kodeksining yangi tahririda ushbu qo‘shimcha shart olib tashlandi.

CNN yozishicha, Xitoyda so‘nggi yillarda nikohlar soni pasayib, ajrimlar ko‘paymoqda. Birinchi marta turmush qurgan aholi 2013 yilda 23,8 million kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib, 13,9 million kishigacha kamaydi. Mamlakatda ajrimlar soni esa, aksincha, 1990 yildagi har ming kishiga 0,69 dan 2019 yildagi har ming kishiga 3,36 gacha oshdi.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, Xitoyda ayollar puli to‘lanmaydigan ishga kuniga 234 daqiqa, erkaklar — 91 daqiqa vaqt sarflaydi. Ushbu tashkilot metodikasi bo‘yicha, puli to‘lanmaydigan uy ishlariga uy yumushlari, do‘konlarga borish, oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilish, ko‘ngillilik, uy ishlari yuzasidan safar qilish va boshqa to‘lanmaydigan faoliyat turlari kiradi.

Kiritildi: 17:59 25.02.2021. O'qildi: 1279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!